Bolalardagi COVID-19 ning asosiy alomatlari ma’lum qilindi

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ota-onalariga qaraganda bolalarda koronavirus bilan kasallanish ehtimoli kamroq va alomatlari boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Isitmalab qaltirash, kuchli yo‘tal, diareya va qayt qilish bolalardagi COVID-19 ning asosiy alomatlaridir, deb yozadi PLoS Medicine nashri nemis olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib.

Isroilda koronavirusni o‘ldiradigan himoya vositasi ixtiro qilindi

Tadqiqotchilar Xitoy g‘arbidagi to‘rtta shifoxonasidan olingan ma’lumotlarni o‘rganib chiqishdi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kasallangan bolalarning 76 foizida isitmalab qaltirash bo‘lgan, kattalarda esa bu alomat faqat 44 foizda kuzatilgan.

Kuchli yo‘tal bolalarning 62 foizida, 12 foizida esa qusish bilan diareya kuzatilgan. O‘pka bilan bog‘liq muammolar keyinchalik paydo bo‘lgan.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar ota-onalar bolalariga qaraganda kasallikka ko‘proq chalinishganini kuzatishgan.

Joriy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga 8,3 million kishi chalingan. 4 milliondan ortiq odam tuzaldi, qariyb 450 ming kishi vafot etdi.