Disney studiyasi bugun o‘z multfilmlaridagi irqchilik uchun uyalmoqda

Bugun Amerika irqchilik tufayli ulkan muammolarga duch kelmoqda, balkim bunga ularga bolalikdan singdirilgan g‘oyalar sabab bo‘layotgandir?
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Germaniya va boshqa davlatda yashovchi tomoshabinlar Gollivudning “Disney” va boshqa studiyalarining mashhur multfilmlarini tomosha qilmoqchi bo‘lishganda, ular “madaniy eskirgan tasavvurlar bo‘lishi mumkin” degan ogohlantirishga duch kelishdi, deb yozadi Birinchi kanal.

Oq uy AQShda irqchilik muammosi mavjudligini tan oldi

Yumshoqqina qilib aytilgan “madaniy eskirgan tasavvurlar”  iborasi ostida irqchilik va fashizm g‘oyalari nazarda tutilgan. Gap Mikki Maus,  Tom va Jerri, Filcha Dambo, Jungli kitobi, Fantaziya va boshqa xammaga tanish lentalari haqida ketmoqda.    

Axir bular bolalikda sevib tomosha qilgan multfilmlarimiz-ku, u yerda qanday irqchilik bo‘lishi mumkin - deyishingiz mumkin. Bugun ko‘plab OAVlar ushbu haqida mana bunday yozmoqda

Disney studiyasida suratga olingan “Fantaziya” nomli mana bu multfilm kadriga bir nazar tashlang. Uning yaratuvchilari nimaga shama qilayotganini ortiqcha so‘zsiz ham anglash mumkin. Aynan shu sababli hozir ushbu multfilmning qayta ishlangan versiyasi ko‘rsatilmoqda. Unda Saunflauer nomli qora toychoq obrazi olib tashlangan.

Disney studiyasi bugun o‘z multfilmlaridagi irqchilik uchun uyalmoqda

Filcha Dambo multfilmida esa uchishni orzu qilgan sodda ochiqko‘ngil filchaga bir to‘da qora qarg‘alar turli yomonliklar qiladi. Qarg‘alar nafaqat qora rangli, balkim juda xunuk kiyimlar kiygan va eng asosiysi amerikada “djayv” deb nom olgan – odatda qora tanlilar gapiradigan slengda gaplashadi. Bundan film yaratuvchilari qaysi irq vakillariga shama qilayotganini xatosiz anglash mumkin.

Disney studiyasi bugun o‘z multfilmlaridagi irqchilik uchun uyalmoqda

Barchamiz bolalikda sevib tomosha qilgan 1967-yilda suratga olingan “Jungli kitobi” (Maugli) multfilmiga nazar solaylik. Multfilmning salbiy qahramonlari bu – maymunlar va ularning qiroli. Maymunlar qiroli multfilmdagi eng yoqimsiz obraz: u xunuk kiynadi, juda dangasa va axmoq. Multfilmda Hindiston aks etgan va barcha qahramonlar chiroyli ingliz aksenti bilan gapiradi, faqat Lui ismli maymunlar qiroli amerikalik qora tanlilar sleng tili – djayvda gapiradi. Eng qizig‘i – ushbu obraz Redyard Kiplingning “Maugli” kitobida umuman yo‘q. Uni multfilm yaratuvchilari ataylab qo‘shgan. Maqsad?

Disney studiyasi bugun o‘z multfilmlaridagi irqchilik uchun uyalmoqda

Umuman Disney multfilmlarida va Gollivud filmlarida nafaqat qora tanlilar kamsitilgan. Undan tashqari osiyo irqiga mansub kishilarni ham ustidan kulish va kamsitib ko‘rsatish holatlari ko‘p uchraydi.   

Ushbu nomaqbul kamsitish va kinoyalarni payqash va tanqid qilish uchun insoniyatga 30, 40 va hatto 70-yil vaqt kerak bo‘ldi. Vanihoyat Disney studiyasi ushbu filmlar uchun “uyat” his qila boshladi va keyinchalik yaqqol rasizm aks etgan sahnalarni kesib tashlashga yoki ushbu multfilmlarni to‘liq prokatdan chiqarishga majbur bo‘ldi.

Irqchilik muammolari amerikani titratayotgan bugungi, kunda esa hech bo‘lmasa sudda o‘zini oqlashga asos bo‘lishi uchun kontentda “madaniy eskirgan tasavvurlar bo‘lishi mumkin” degan ibora bilan tomoshabinni ogohlantirmoqda.