O‘zini o‘zi band qilganlarga 300 milliard so‘m kredit ajratiladi

Moliya vazirligi tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etishi kerak.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Markaziy bank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 300 milliard so‘m kredit ajratadi. Bu Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ko‘payadi - ro‘yxat

Bundan tashqari, Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda xizmat ko‘rsatish loyihalari uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million dollar yoki 1 trillion so‘mdan ziyod kredit resurslari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingani ma’lum qilindi. Bu mablag‘lar ham davlat, ham xususiy banklar orqali ajratiladi va kredit stavkasi 15 foizdan oshmaydi.