Moskvada politsiyachilarni kim o‘qqa tutgani ma’lum bo‘ldi

Moskvada Ingushetiya fuqarosi politsiyachilarga qarata o‘q uzdi. Oqibatda ikki politsiya xodimi va uning o‘zi yaralandi.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Kecha 15-iyun kuni Moskvadagi Leninskiy prospekt ko‘chasida qurollangan fuqaro politsiyachilarga qarata o‘t ochgan edi va politsiyachilar o‘qidan o‘zi ham yaralangan edi. RIA Novosti xabariga asosan. 

"Bugun o‘q uzgan fuqaro ingushetiyalik ekani ma’lum bo‘ldi. U Nazranlik 1995-yilda tug‘ilgan Ratmir Galayev ekan", deyilgan xabarida. 

Kecha, Leninskiy prospekt ko‘chasida politsiya xodimlari yo‘l-qoidasini buzgan taksi haydovchisini to‘xtatishadi. Shu vaqt piyoda kelayotgan fuqaro ularga qarata to‘pponchadan o‘q uzadi. Bir politsiyachi og‘ir yarador bo‘ldi. Ikkinchisi jinoyatchiga qarata javoban o‘z uzadi va uni yarador qiladi. 

Ayni damda yaralangan politsiya chilar va jinoyatchi kasalxonaga yotqizilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Poytaxt prokurori tomonidan vaziyat nazorat ostiga olingan.