Koronavirus tufayli test savollari osonlashtirildi

Ushbu o‘quv yilida epidemiolgik vaziyat tufayli abituriyentlarga kirish imtihonlarida qator yengilliklar yartilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Bu yil abituriyentlar uchun oliygohlarga kirish imtihonlari osonlashtiriladi. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev xabar qildi. 

“Bu yil savollar tarkibiga ham alohida e’tibor qaratdik. Odatda 30 ta savol quyidagicha taqsimlangan, ya’ni 6 ta oddiy, 18 ta o‘rta va 6 ta murakkab. Bu yilgi testlarda oddiy savollar 3 taga ko‘paytirildi, murakkab savollar esa 3 taga kamaytirildi. Ya’ni abituriyentga 9 ta oddiy, 18 ta o‘rta, 3 ta murakkab savol tushadi”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun 2020-2021 o‘quv yilida COVID-19 epidemiyasi tufayli abituriyentlar kirish imtihonlariga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rishga imkoni bo‘lmagan. Shu sababli kirish imtihonlaridan umumiy bo‘lim savollari olib tashlanadi va faqat ixtisosligiga xos 2ta fandan test savollari qoldiriladi. 

Undan tashqari, epidemiologik vaziyat tufayli, kirish imtihonlari vaqtida  bir necha yuz kishini uzoq vaqt davomida auditoriyada olib o‘tirish exavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababli imtihon vaqtini ham qisqartirish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, abituriyentlar kirish imtihonlari hujjatlarini Yagona darcha yoki DTM rasmiy veb sayti orqali onlayn topshirishi belgilangan.