TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 16-iyundan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1,29 so‘mga arzonashib, 10 151,90 so‘mni tashkil qildi. Ta’kidlash joizki, dollar oxirgi marta may oyi o‘rtasida arzonlashgan edi.
O‘zbekistonda dollar kursi tushdi
© Markaziy bank matbuot xizmati
Yevroning rasmiy kursi ham tushgan. Bu hafta 31,91 so‘mga arzonlashib, 11 424,95 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rublida ham pasayish kuzatilgan. Rubl 2,56 so‘mga arzonlashib, 145,39 co‘mni tashkil qildi.