Toshkentdagi hashamatli to‘yxonalardan biri sotildi

Toshkentdagi eng katta restoranlardan biri “Versal” restorani binosi auksionda 35,33 mlrd. so‘mga sotildi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Toshkentdagi “Versal" restorani binosi 35,33 mlrd. so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Auksionga qo‘yilgan “Versal" restoraniga 14 daqiqada xaridor chiqqan. Endilikda OOO DIAMOND DRINKS CO. restoranning yangi sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi hashamatli "Versal" restorani sotuvga qo‘yilgani xabar qilingan edi. Mashhur restoran "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUK ta’sischiligidagi "Tantana Servis" MChJva tomonidan 34,6 millard so‘m narxda savdo chiqarilgan edi.