TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Rossiya gipertovushli qurollarga qarshi kurash vositalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanalining "Vesti Nedeli" dasturida ma’lum qildi.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiyaning yangi quroli boshqa davlatlar armiyalarini "gipertovushli" qurol bilan ta’minlangan payt paydo bo‘ladi.
"O‘ylaymanki, biz hamkorlarimizni ularda (gipergipertovushli - tahr.) qurol paydo bo‘lganida, yuqori ehtimollik bilan, bizda ushbu qurollarga qarshi kurashish vositasi paydo bo‘lishi bilan hayratda qoldira olamiz", - dedi Rossiya rahbari.
Putin hozirgi kunga qadar hech kim gipertovush qurollarni yuqori tezligi tufayli "to‘xtatolmasligiga" e’tibor qaratdi.
"Bizning bugungi kundagi o‘ziga xosligimiz aynan shunda", - deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.
Putin, shuningdek, Rossiya istiqbolli ishlanmalar bo‘yicha birinchi o‘rinda turganligini qo‘shimcha qildi.