O‘zbekistonning uch nafar xonandasi Markaziy Osiyo go‘zallari reytingiga kiritildi

O‘zbekistonning uch nafar xonandasi Xitoy nashri tuzgan Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandalari ro‘yxatiga kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning uch nafar xonandasi Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandalari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Xitoyning “Yangi ipak yo‘li” nashri xabar qildi.

Reytingga o‘zbekistonlik xonandalar - Shahzoda, Rayhon va Lola Yo‘ldasheva kiritildi.

Shuningdek, ro‘yxatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston eng mashhur qo‘shiqchilari nomlari keltirilgan.

Reyting mualliflari Markaziy Osiyo nafaqat o‘zining go‘zallari bilan, balki iste’dodli xonandalari bilan ham mashhurligini ta’kidlab, TOP-13 xonandaning ro‘yxatini taqdim etishdi.