Nega metro faoliyatiga ruxsat berilmadi?

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori nega avtobuslarga ruxsat berilgani, metroga esa berilmaganini tushuntirdi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda mutaxassisdan nega avtobuslarga ruxsat berilgani, metroga esa berilmagani so‘raldi.

O‘zbekiston xalqaro parvozlarni tiklamoqda: kimlarga mamlakatdan chiqishga ruxsat berildi

“Metrolardagi havoni doimiy yangilab turuvchi umumiy ventilyatsiya tizimi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshiradi. Shu sababli metroga hozircha ruxsat yo‘q!”, - dedi Otabekov.

Avvalroq u markazlashgan umumiy konditsionerlar orqali virus havo orqali yuqishi mumkin degan fikrni bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 8-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda, jumladan, Toshkent shahrida avtobuslar ishini qayta boshlagan edi.