Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus yuqtirib oldi

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Biratnov kasalxonaga yotqizildi. Unda koronavirus aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Biratnov koronavirus yuqtirib oldi va u kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda vazirning o‘zi Facebookʼdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Do‘stlar, afsuski, mening koronavirusga topshirgan so‘nggi testim musbat chiqqani haqidagi noxush xabarni ma’lum qilishga majburman. Afsuski, bu alomatsiz shakli emas, shuning uchun men infeksiya kasalxonasiga yotqizildim”, - deya yozgan Qozog‘iston SSV rahbari.

Surxondaryoga koronavirus qaytdi: O‘zbekistonda aniqlangan holat 5000 taga yaqinlashmoqda

Vazir qozog‘istonliklarga murojaat qilib, ulardan “shaxsiy karantin” va shifokorlar tavsiyalariga rioya qilishni iltimos qilgan.

“Agar siz ilk alomatlarni sezsangiz: bemadorlik, bosh og‘rig‘i, tomoq qichishi, harorat – zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!”, - deya ta’kidlagan Birtanov.

Qozog‘istonda jami 14 496 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan.  9 056 nafar bemor tuzalib ketgan. 73 ta o‘lim holati qayd etilgan.