Seul Pxenyanni koreyslararo kelishuvlarga rioya qilishga chaqirdi

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga nisbatan “navbatdagi qadam”ni qabul qilishini ma’lum qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Koreya Respublikasi Birlashish vazirligi Koreya Xalq Demorkatik Respublikasini ilgari erishilgan koreyslararo kelishuvlarga rioya qilishga chaqirdi. Bu haqda “Ronxap” agentligi xabar qilmoqda.

KXDR Janubiy Koreya bilan har qanday muzokaralardan voz kechdi

“Hukumat (Janubiy Koreya – tahr.) yuzaga kelgan vaziyatga jiddiy qaraydi, Janub ham, Shimol ham barcha erishilgan kelishuvlarga rioya qilishlari shart”, - deyiladi bayonotda.

Avvalroq Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘limi mudirining o‘rinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga nisbatan “navbatdagi qadam”ni qabul qilishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilish Koreya xalq armiyasi zimmasiga yuklatiladi.

9 iyun kuni KXDR hukumati shu kundan boshlab Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzishini xabar qilgan edi. Xabarda aytilishicha, Janubiy Koreya hukumati “koreyslararo munosabatlarni yakuniy nuqtasiga yetkazib qo‘ydi”.