Sharifxodjayev Xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Sharifxodjayev Usman Ulfatovich O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosarini tayinlash bo‘yicha qaror imzoladi, deb xabar qildi ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Xalqaro so‘rov maktab ta’limi qanday o‘zgarganligini ko‘rsatdi

Prezident qaroriga ko‘ra, Sharifxodjayev Usman Ulfatovich O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Usman Sharifxodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ta’lim sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida Alisher Umarov faoliyat yuritgan edi. Joriy yilning fevral oyida Alisher Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlangan.