TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:
Bakalavriat:
- kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar;
- kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar.
Magistratura – 10 425 nafar.
Qarorga ko‘ra, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 20-iyundan 20-iyulga qadar (20 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Avvalroq bu jarayon 15-iyundan 15-iyulga qadar amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.
Hujjatlarni quyidagilar orqali topshirish mumkin:
– Davlat xizmatlari markazlari;
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti.