TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. 2020-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Alisher Kurmanov Toshkentdan Kiyev shahriga jo‘nab ketdi.
U avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.