TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Karantindagilar orasida virus aniqlandi, 16 nafar bemor og‘ir ahvolda.
13 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 4901 nafarga yetdi.
Karantin markazidagi yangi bemorlar: 22 nafari — koronavirus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 10 nafari — xorijdan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan.
Hozirda davolanayotgan 1124 nafar bemorning 14 nafari — og‘ir, 2 nafari — o‘ta og‘ir ahvolda.