Nefrolog buyrak kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni berdi

Shifokor-nefrolog Yevgeniy Shilov buyrak kasalliklarining oldini olish choralar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Shifokor-nefrolog Yevgeniy Shilov surunkali buyrak kasalliklarini qanday oldini olish mumkinligi haqida o‘z fikrlarini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan. 

Kimlarga muzqaymoq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun muntazam ravishda qon bosimi va undagi shakar miqdorini nazorat qilish, shuningdek, ortiqcha vazn bo‘lmasligini kuzatib borish kerak.

Bundan tashqari, inson jismoniy faol bo‘lishi, chekmaslik va spirtli ichimliklarga ruju qo‘ymaslik, to‘g‘ri ovqatlanish kerak, dedi Shilov.

Shifokor dori-darmonlarni pala-partish, shifokor ruxsatisiz qabul qilmaslik kerakligi haqida ogohlantirdi, chunki ularning ko‘pchiligi nefrotoksik ta’sirga ega.

Shuningdek, u surunkali buyrak kasalliklarining asosiy sababi sivilizatsiya kasalliklari: 2-toifa diabet, gipertenziya, metabolik sindrom, siydik-tosh kasalligi.

Shilovning so‘zlariga ko‘ra, inson yoshi ham ta’sir qiladi: yosh  qanchalik katta bo‘lsa, uning buyraklari holati yomonlashadi, bu surunkali kasalliklarning to‘planishi bilan bog‘liq.