TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya Kuni bilan tabrikladi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi", - deyilgan xabarda.
12 iyun - Rossiya Federatsiyasida "Rossiya Kuni" bayrami sifatida nishonlanadi. 1990-yilda ushbu kun RSFSR davlat suvereniteti deklaratsiyasi qabul qilingan. Ushbu deklaratsiyada RSFSR qonunlariga o‘sha vaqtda har tomonlama zaiflashgan SSSR qonunlaridan ko‘ra ustuvorlik berish belgilangan edi. 2002-yilga qadar ushbu bayram "Deklaratsiya qabul qilingan kun" deb atalgan. Qizig‘i shundaki, ushbu bayram hech qachon "Rossiya mustaqillik kuni" deyilmagan.