Koronavirus bo‘yicha 12-iyunning asosiy xabarlari

Bugun ana 96ta koronavirus holati qayd etildi. Ularning aksariyati Karantin markazidagi fuqarolarda aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. O‘tgan sutka davomida O‘zbekistonda 96ta koronavirusga chalinganlar aniqlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

O‘zbekistonda 12-iyun soat 16:30da holatiga kasallikka chalinganlar soni 4837 nafarni tashkil qildi.

Yangi kasallarning asosiy qismi - 66 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 16 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida hamda 2 nafari Samarqand viloyati Urgut tumanida aholi orasida aniqlangan.

Undan tashqari Chinoz xalqaro chegara postida Litvadan kirib kelgan 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomobillar haydovchisida aniqlangan, - deyilgan xabarda.

Ayni damda O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayib ketganlar soni 3637 nafarni tashkil qilgan. Bu infeksiyaga chalinganlarning75 % ni tashkil qilmoqda. Davolanishda davom etayotgan fuqarolar soni 1163 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 511 mingdan oshib ketdi. Vafot etganlar soni 6700 kishidan oshgan. Rossiya Kuni munosabati bilan nutq so‘zlagan prezident Vladimir Putin "koronavirus tufayli dunyoda vujudga kelgan vaziyatda insoniyat shifokorlarning o‘rni naqadar muhim ekaniga amin bo‘ldi. Biz ularning fidokorna mehnati oldida tiz cho‘kishimiz kerak" dedi. 

Dunyoda bugungi kunda koronavirusga chalinganlar soni 7,6 million kishidan oshib ketgan. Kasallanganlar orasida o‘limlar soni ko‘p bo‘lgan davlatlar AQSh, Buyuk Britaniya, Belgiya, Fransiyada kuzatilmoqda. 

Italiyalik virusolog Massimo Klementi aytishiga qaraganda - COVID-19 bugun ancha zaiflashgan.Italiyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotda bugungi kunda virus bosimi (ma’lum hajmdagi suyuqlikda faol viruslar soni) epidemiya boshlanish vaqtiga nisbatan 10 baravar kamaygan.   

Moskva shahri meriyati o‘tkazgan tadqiqotda aniqlanishiga qaraganda ikki hafta ichida shahar aholisining koronavirusga qarshi immuniteti 5 %ga oshgan. May oyning boshida organizmida koronavirusga qarshi antitelalar bo‘lgan aholi ulushi 12%ni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 17%ni tashkil qilmoqda