YeOIIda har bir mamlakat hal qiluvchi ovozga ega - Uralov

YeOII - nafaqat umumiy bozorni, balkim chuqur gumanitar va ilmiy hamkorlikni nazarda tutadi. Undan tashqari har bir davlat ovozi hal qiluvchi kuchiga ega, deydi jurnalist.
Sputnik

YeOII doirasidagi hamkorlikni faqat iqtisodiyot bilan cheklash noo‘rin, deb hisoblaydi Semen Uralov, xalqaro munosabatlar bo‘yicha ekspert va “SONAR 2050” portalining bosh muharriri.

"Bizning Yevroosiyo hududimizni yanada ko‘proq narsa birlashtiradi", - dedi u.

Shu bilan birga, mutahassis ta’kidlashicha, ittifoqchilar ba’zan integratsiya sur’ati tezlashishiga tayyor bo‘lmay qoladilar, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

"YeOII - hech bir davlat hal qiluvchi ovozga ega bo‘lmagan tashkilotdir. Agar hech bo‘lmaganda bitta mamlakat qarshi chiqsa, qaror qabul qilinmaydi. Shuning uchun Rossiya har bir ittifoqchisi bilan ikki tomonlama asosda gumanitar va ilmiy hamkorlikni davom ettiradi", - dedi Uralov.

Mutahassisning ta’kidlashicha, YeOII tarkibiga gumanitar komponentni kiritish masalasi zarur, chunki umumiy bozor – tovarlar bozori kabi ishchi kuchi bozori ham - ta’lim va fan sohasida yagona standartlarni talab qiladi.

To‘liq sharhini Sputnik podkastida tinglang.

YeOIIda har bir mamlakat hal qiluvchi ovozga ega - Uralov