Rulda uxlab qoldi: “Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir bo‘ldi

“Qamchiq” dovoni Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 261 kilometrida jiddiy YTH sodir bo‘ldi - FVV.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Bugun, 11-iyun kuni, soat kechki ikkilarda “Qamchiq” dovoni Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 261 kilometrida jiddiy YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, Damas mashinasining egasi 42 yoshli farg‘onalik fuqaro Toshkentga qarab harakatlangan. “Qamchiq” dovoniga kelganida haydovchi rulda uxlab qolgan. Oqibatda yo‘lning yon tomonida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Buning natijasida haydovchi mashina salonida siqilib qolgan.

Rulda uxlab qoldi: “Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvichlari yetib kelgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro mashina salonidan chiqarib olingan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Pop tumani kasalxonasiga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.