O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv qayta boshlandi

Chaqiriluvchilar yetib borgach, 14 kun davomida karantinda bo‘ladi. Barchasi ko‘ngildagidek ekanligiga ishonch hosil qilingandan so‘ng ular mashg‘ulotlarga kirishadi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. 9-iyun kuni sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 6-7 iyun kunlari chaqiriluvchilardan SOVID-19ga test tahlillari olingan. Tahlil natijalariga ko‘ra fuqarolar 9-iyun kuni muddatli harbiy xizmatga yuborilishi belgilangan.

Muddatli harbiy xizmatga ketayotgan yigitlar uchun temir yo‘l transportlarida alohida vagonlar ajratilgan hamda har bir vagonda shifokorlar nazorati o‘rnatilib, chaqiriluvchilarni xizmat joyiga yetkazib borish belgilangan.

O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv qayta boshlandi

Chaqiriluvchilar yetib borgach, ular 14 kun davomida karantinda bo‘ladi. Barchasi ko‘ngildagidek ekanligiga ishonch hosil qilingandan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishadi. Ular bilan mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, yo‘riqnomalar o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda karantin tartibi joriy etilganligi sababli fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketishi vaqtincha kechiktirilgan edi. Karantin yumshatilgandan so‘ng muddatli harbiy xizmatga saralab olingan fuqarolarni Qurolli Kuchlar safiga jo‘natishga qaror qilingan