TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarilgan 2 million 200 ming dona qiymati 450 ming dollarlik tibbiyot niqoblari Kuvaytga eksport qilindi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Fursan Al Khaleej kompaniyasi bilan 10 million dollarlik niqob yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Mahsulotning dastlabki partiyasi buyurtmachilarga mayning oxirida yetkazib berilgan edi. Navbatdagisi esa kecha maxsus yuk samolyotida orqali jo‘natilgan.
Niqoblar Quvayt ichki ishlar vazirligi buyurtmasiga binoan import qilindi. Niqoblarning bir qismi ushbu mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriladi.
“Importni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin biz turli mamlakatlar, shu jumladan, Xitoy mahsulotlarini diqqat bilan o‘rganib chiqdik. O‘rganishimiz natijasida, avvalo, bizni o‘z sifati bilan qoniqtirgan o‘zbek mahsulotlarini tanladik”, - dedi Fursan Al Khaleej kompaniyasi direktori Johid al-Ataish.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ular O‘zbekistondan tibbiyot buyumlari - niqob, kombinezon, qo‘lqoplar va boshqa himoya vositalarini sotib olish uchun navbatdagi buyurtmani shakllantirishni boshlashgan.