Tramp Mirziyoyevga “Sardoba” fojiasi yuzasidan maktub yo‘lladi

AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi - O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.

Zoologlar kemiruvchilarning “Sardoba” to‘g‘oni o‘pirilishiga ta’sirini o‘rgandi

“Sizga va 2020-yil 1-may kuni Sardoba suv omborining to‘g‘oni qisman qulashi oqibatida jabrlanganlarga hamdardlik bildiraman. Suv ostida qolgan uylar, ko‘chirilgan aholi, vayron bo‘lgan yo‘llar va fermer xo‘jaliklari tasvirlarini ko‘rish qalbni larzaga soladi.

Shaxsiy e’tibor va tezkor choralar ko‘rish orqali Siz liderlik xususiyatlarni namoyish etdingiz. Davlat departamenti va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ham ushbu fojiaga javoban darhol chora ko‘rdilar va ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz uchun mablag‘ ajratdilar.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu mushkul paytda O‘zbekiston va uning xalqiga yelkadoshdir.

Shu bilan birga, koronavirusga qarshi kurashda birgalikda ish olib borar ekanmiz, ushbu mudhish pandemiyaga qarshi chora-tadbirlar uchun yordam bo‘yicha so‘rovingiz tez fursatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun ma’muriyatimga ko‘rsatma berdim”, - deyilgan maktubda.