So‘x tumaniga xayriya karvoni jo‘natildi

So‘x tumaniga tranfsormatorlar, uzatish kabellari, suyultirilgan gaz ballonlari, un va sport jihozlari yetkazib berildi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. So‘x tumaniga oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa aholi kundalik ehtiyoji buyumlari ortilgan xayriya karvoni yo‘lga chiqdi, deb xabar qilmoqda Farg‘ona viloyati hokimligi.

Karvonda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan So‘x tumaniga 16 ta transformator, 80 dona beton ustunlar, 70 kilometrdan ortiq elektr uzatish kabellari kabi 2 milliard 251 million so‘mlikdan ortiq jihozlarni tuman aholisi uchun taqdim qildi.

So‘x tumaniga xayriya karvoni jo‘natildi

“Hududgaz Farg‘ona” mas’uliyati cheklangan jamiyati esa 11 ta maxsus mashinada suyultirilgan gaz ballonlarini, O‘zbekiston tumanidagi “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘ini ahli esa 5 tonna un mahsulotini so‘xliklarga beminnat yordam sifatida yubordi. 

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan zamonaviy tibbiyot jihozlari ajratildi.

So‘x tumaniga xayriya karvoni jo‘natildi

Undan tashqari So‘x tuman yoshlariga 600 million so‘mlikdan ortiq 20 turdagi sport jihozlari tuhfa qilindi

Shuningdek, viloyatdagi bozorlar tomonidan So‘x tumanida arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ana shunday ezgu amallarni qo‘llab-quvvatlab, xayr-saxovat ko‘rsatgan tadbirkor va tashkilotlar soni anchagina, deyiladi xabarda.

So‘x tumaniga xayriya karvoni jo‘natildi

Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni So‘x tumani va Qirg‘iziston aholi o‘rtasida kelib chiqqan mojaro oqibatida bir necha uylar zara ko‘rgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov So‘x tumaniga tashrif buyurib aholiga har jihatdan ko‘mak berishni va’da bergan edi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga 5-6 iyun kunlari bo‘lgan tashrifi davomida ham bo‘lgan So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan edi.

So‘x tumaniga xayriya karvoni jo‘natildi