Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2020-2021 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi. Sinovlar uchun 64 ta bino ajratilgan
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Davlat test markazi 2020-2021 o‘quv yili qabulida OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati e’lon qildi.

OTMga qabul jarayoni 15-iyundan boshlanadi, test sinovlari esa 2 ta fandan bo‘ladi

Mazkur ro‘yxatda binolarning viloyatlararo taqsimlanishi, ularning test o‘tkaziladigan nechanchi bino sifatida qayd etilgani, manzili va joylashuvi ko‘rsatilgan.

Ta’kidlanishicha, bu yil test sinovlarni o‘tkazish uchun 64 ta bino ajaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu yil OTMga qabul jarayoni 15-iyundan boshlanadi, test sinovlari esa 2 ta fandan bo‘ladi.