OPEK+ 2.0 shartnomasi barcha uchun foydalimi YoKI...

OPEK+ 2.0. shartnomasi Rossiya va MDH davlatlariga nima beradi? Energetika xavfsizligi mutaxassisi izohi. 
Sputnik

OPEK+2.0 deb nomlangan ushbu kelishuv G20 va OPEK+ ishtirokchilari muzokaralardan so‘ng 2020-yil aprel o‘rtalarida tuzilgan edi. O‘shanda neft qazib olish hajmini kuniga 9,7 million barrelga qisqartirishga kelishib olingan edi. Rossiya milliy energetika xavfsizli fondining bosh mutaxassisi Igor Yushkov Sputnik uchun. 

Birinchi davr muvaffaqiyatli tugadi

Ushbu qaror koronavirus tufayli neftga bo‘lgan talab misli ko‘rilmagan darajada tushib ketganidan so‘ng qabul qilingan edi. O‘shanda dunning barcha davlatlari infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida kesin choralar qabul qilishgan edi. Natijada samolyotlar uchishdan to‘xtab, avtomobillar harakati cheklanib zavod va fabrikalar to‘xtab qolgan va yonilg‘iga bo‘lgan talab keskin kamaygan edi. Neft qazib olish hajmi esa oldingi krizisgacha bo‘lgan darajada qolayotgan edi.

OPEK va Rossiya Amerika slanes nefti oyog‘i ostiga "bomba qo‘ydi"

Bundan tashqari, Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida neft qazib olishni qo‘shimcha qisqartirish masalasida kelishmovchiliklar tufayli, OPEK + bitimi 2020-yilning ikkinchi choragida amalda buzildi. Shu yilning 4-6 mart kunlari bo‘lib o‘tgan OPEK + kelishuvida tomonlarning uchrashuvida qirollik neft qazib olishni barcha ishtirokchilar uchun amalda bo‘lgan kvotalaridan yana 1,5 million barrelga kamaytirishni taklif qildi. Sabab sifatida Xitoyda talabning pasayishi ko‘rsatildi. Rossiya o‘sha paytda ishlab chiqarishni kamaytirmasdan, vaziyat qanday rivojlanishini kuzatishni tavsiya qilgan edi. O‘sha vaqt Xitoyda karantin qancha vaqt davom etishi va virus boshqa mamlakatlarga tarqalishi hali aniq emas edi.

Mart oyidagi OPEK + a’zolarining muvaffaqiyatsiz yig‘ilishidan so‘ng, Saudiya Arabistoni "narxlar urushi" ni boshladi: qirollik o‘z neftini xaridorlariga jiddiy chegirmalar bilan sota boshladi va 1-apreldan (avvalgi kelishuvlar davri tugagan paytda) neft qazib olishni kuniga 2 million barrelga ko‘paytirilishini e’lon qildi. Shartnomaning qolgan tomonlari ham harakat erkinligini oldilar va o‘z mahsulotlarini ko‘paytirishga tayyorlandilar.

Natijada ikkita tendensiya - neft iste’molining keskin pasayishi va uni qazib olishning o‘sishi bozorda narxlarning keskin pasayishiga olib keldi. Ana shunday voqealar fonda OPEK + 2.0 bitimi tuzildi.

Saudiya Arabistoni "Katta yigirmatalik" favqulodda sammitini onlayn rejimda chaqiradi

Ushbu ma’lumot dastlabki davr uchun bitimning haqiqiy maqsadlarini tushunish uchun muhimdir. Mart-aprel oylarida katta miqdordagi neftning haddan tashqari ko‘payib ketishi butun dunyoodagi neft omborlarini ortiqcha to‘lib ketishiga olib kelgan edi. Axir taklifning talabdan oshishi kuniga 20-35 million barrelga yetgandi. Shu sababli OPEK + yangi kelishuvi oldiga neftni saqlash omborlarining toshib ketishini oldini olish vazifasi qo‘yildi.

Chunki, bunday holda eng salbiy stsenariy bo‘yicha, barcha ishlab chiqaruvchilar OPEK + kelishuviga binoan ishlab chiqarishni sezilarli darajada kamaytirishi kerak bo‘lar va neft narxi nolga tushib ketardi.

Bu neft qazib oluvchi davlatlarning amaldagi shartnomasi va 2016-yilda tuzilgan birinchi OPEK + kelishuvi o‘rtasidagi farqdir. Keyin neft narxini ko‘tarish maqsadida ishlab chiqarish hajmini tartibga solish haqida gap ketmoqda, chunki oldingi narxlar kengaytirilgan kartel ishtirokchilariga, shu jumladan Rossiyaga ham ma’qul kelmadi.

Iste’mol tiklanmoqda, narxlar ham

Iyun oyining boshiga kelib, neft omborlarini ortiqcha to‘ldirish xavfi sezilarli darajada kamaydi. Shuning uchun biz hozirgi formatdagi OPEK + bitimi birinchi vazifani muddatidan oldin bajargan deb ayta olamiz. Axir u may-iyun oylarida mamlakatlar neft qazib olishni iloji boricha kamaytirishi va 1-iyuldan boshlab uni bir oz oshirishni nazarda tutgan edi. Oldingi ssenariy bo‘yicha kunlik neft qazib olish hajmini may oyida 9,7 mln. barrelga, iyunda – 7,7, iyul – dekabrda esa – 5,8 mln barrelgacha qisqartirishni nazarda tutgan edi. Lekin OPEK vaziyatga qarab o‘z qarorini o‘zgartirdi va kunlik qazib olish hajmini eng katta qisqartirish muddatini iyul oyiga qadar uzaytirdi. Bu degani kartel ishtirokchilari oldingi, narxlarni tepaga ko‘tarib turuvchi strategiyaga qaytishganidan darak beradi.

Saudiya Arabistoniga neft urushi qimmatga tushadi - Bloomberg

Qazib olish hajmida eng katta cheklovlarni iyul oyigacha uzaytirishni Saudiya Arabistoni, ehtimol AQSh bosimi ostida amalga oshirgan bo‘lishlari mumkin. AQShga neftning yuqori narxlarda sotilishi o‘z slanes neft ishlab chiqariuvchilarini himoya qilish uchun kerak. Neft narxi barreliga 30 dollardan bo‘lsa slanes loyihalarining barchasi daromadsiz bo‘ladi.  AQShda hozir qazib olinayotgan neft hajmi keskin kamayib ketmoqda. Ishlab chiqarish kuniga 2 mln barrelgacha kamaygan. Hukumat topshirig‘iga binoan emas – iqtisodiy sabablar tufayli.  

Rossiya qazib olish hajmini cheklashga rozi bo‘lishiga ham bir necha sabablar bor. Bunga birinchidan neft narxi oshishga qaratilgan siyosati sabab bo‘lgan. Axir Rossiyada foydali qazilmalar solig‘i neftning jahon bozoridagi narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Neft qancha qimmat bo‘lsa, budjet shuncha ko‘p mablag‘ oladi.

Ikkinchidan, Rossiya Saudiya Arabistoni bilan yana mojaroli vaziyat yuzaga kelishidan manfaatdor emas.

Belarus Saudiya Arabistonidan birinchi neft partiyasini sotib oldi

Sobiq Ittifoq respublikalari uchun OPEK+ning ushbu qarori, umumiy hisobda ijobiy natijalar olib keladi. Qozog‘iston va Ozarbayjon uchun neft narxining oshishi hajm oshishidan ko‘ra muhimroq. Belarusga ham neft qimmatroq bo‘lsa yaxshi. Respublika katta miqdorda Rossiya neftini sotib olishga qaytdi va o‘z neft zavodlarini to‘liq quvvatda ishlatmoqda. Yevropada neft mahsulotlari narxi qancha balan bo‘lsa Belarus uchun bu shunchalik yaxshi.

OPEK+ning neft hajmini kamaytirish hisobidan uning narxini oshirish haqidagi so‘nggi qarori barcha aksariyat uchun yaxshi natija olib keladi. Ushbu qarorga qarsh chiqqan neft kompaniyalari ham jiddiy qiyinchilikka uchramasliklari kerak. chunki ularning moliyaviy zahiralari bor.