Markaziy bank bankomatlarni izlash uchun yangi Telegram-botni ishga tushirdi

Ushbu bot orqali 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlarini banklar va hududlar kesimida izlash imkoniyati mavjud.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki bankomatlarni izlash uchun Telegram-botni ishga tushirdi.

Bank xabariga ko‘ra, @uz_avtovash_bot telegram boti jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishga tushirilgan.

Ushbu bot orqali 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlarini banklar va hududlar kesimida izlash (shahar va tuman bo‘yicha) imkoniyati mavjud.

Bankomatlar joylashgan manzillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy yangilanib turiladi.