Germaniya AQShga Amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi

Agar AQSh “Shimoliy oqim-2”ga bosim o‘tkazishni bas qilmasa, Germaniya amerikaning gazi uchun jarima bojlarini joriy etishi mumkin. “Shimoliy oqim-2” - Rossiya-Yevropaning hamkorlikdagi loyihasi hisoblanadi. Boltiq dengizi orqali Rossiyadan Germaniyaga yangi gaz quvuri o‘tkaziladi.
Sputnik

Loyiha Yevropa uchun foydali, chunki bu gaz yetkazib berishning ishonchliligini oshiradi va mintaqada o‘sib borayotgan gaz taqchilligi muammosini hal qilishga imkon beradi. Biroq, Qo‘shma Shtatlar tizimli ravishda "Shimoliy oqim-2"ni mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdid deb hisoblab, loyihaga qarshi chiqdi, garchi bu quvur faqat uning iqtisodiy manfaatlariga xalaqit beradi.

O‘tgan yili Vashington loyihada ishtirok etayotgan kompaniyalarga cheklovlar kiritilishini nazarda tutgan mudofaa budjetini qabul qildi. Shu yilning iyun oyi boshida esa AQSh senatorlari, jumladan respublikachi Ted Kruz, bu sanksiyalarni kuchaytirish va quvurni qurishda ishlaydigan kemalarga xizmat ko‘rsatuvchi sug‘urta kompaniyalariga qo‘llashni taklif qildi.