CNN jurnalistining yalang‘och holda tushgan surati internetda tarqaldi

Mashhur CNN telekanalining boshlovchisi Kris Kuomo yalang‘och holda rafiqasi olayotgan videoga tushib qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Taniqli CNN telekanalining boshlovchisi Kris Kuomo yalang‘och holda rafiqasining videosiga tushib qoldi.

New York Post yozishicha, teleboshlovchining rafiqasi Kristina uyida yoga haqida onlayn-translyatsiya qilayotgan edi. Videoda orqa fonda teleboshlovchi yalang‘och holda boqqa chiqqani aks etgan.

Kristina tezda videoni uchirib tashladi, biroq Instagram ayrim foydalanuvchilari suratni skrinshot qilishga ulgurishdi.

Telekanalning rasmiy vakillari, shuningdek, Kuomoning rafiqasi “haqiqatdan ham videoda 49 yoshli teleboshlovchi bo‘lgani” haqida jurnalistlarning murojaat va qo‘ng‘iroqlariga javob berishdan bosh tortdi.

Kris Kuomo – Nyu-York gubernatori Endryu Kuomoning ukasi. 31-mart kuni jurnalist koronavirus infeksiyasiga chalindi, shundan so‘ng CNN’da uydan onlayn-efirga chiqishni boshladi.