Andijonda mashinasini noto‘g‘ri qo‘ygan haydovchi uy egasini temir bilan jarohatladi

Fuqaro Paxtaobod tumanida 34 yoshli Z.Z.ning darvozasi oldiga avtomashinasini qo‘ygan. Bu esa o‘zaro janjalga sabab bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Andijon viloyatida uy oldida avtomashina noto‘g‘ri qo‘yilganligi sabab janjal kelib chiqdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 05-iyun kuni sodir bo‘lgan. 49 yoshli A.A. Paxtaobod tumani Xizmatchi ko‘chasida 34 yoshli Z.Z.ning uyi darvozasi oldiga avtomashinasini qo‘ygan. Bu esa o‘zaro janjalga sabab bo‘lgan. Janjal paytida haydovchi Z.Z.ni temir parchasi bilan tanasining qorin va bel qismlariga urgan.

Zangiotada 21 yoshli yigit raqibini belkurak bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

Natijada Z.Z. tan jarohatlari bilan tibbiyot mussasasiga yotqizilgan.

Hodisa joyidan bir dona temir parchasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.