O‘zbekistonda koronavirusning 18-qurboni vafot etdi

Hozirda marhumning turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabiralarida ham koronavirus tasdiqlangan. Ular davolanishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Toshkentda 76 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Poytaxning Uchtepa tumanida yashovchi X.da shu yilning 28-mayida koronavirus tasdiqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan

Talablarga bepisand fuqarolar tufayli vaziyat murakkablashishi mumkin – Otabekov

Bundan avval ushbu bemor uzoq yillar davomida gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

31 may kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.

Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Hozirda marhumning turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabiralarida ham koronavirus tasdiqlangan.