Uchta oliygohda masofadan turib o‘qitish joriy etiladi

Toshkentdagi uchta yetakchi oliygohlarda birinchilar qatorida masofadan turib ta’lim olish tizimi joriy etilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. O‘zbekistondagi uchta oliygohda masofaviy ta’lim tizimi joriy etiladi, deb xabar qilmoqda mahlliy  OAVlar.

Birinchilar qatorida sasofaviy ta’lim tizimiga o‘tadigan oliygohlar etib quyidagilar belgilangan:

  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
  • Toshkent davlat yuridik universiteti;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Eslatib o‘tamiz, masofadan turib ta’lim olish tizimi O‘zbekistonda rejalashtirilgan tartibda qiritilmoqda. Ta’lim olishning ushbu tartibi 2017-2021 yillardagi rivojlanish strategiyasiga kiritilgan bo‘lib prezidentning 2-mart kuni imzolangan “Ilm, ta’lim va raqamli iqtisodni rivojlantirish yili to‘g‘risidagi” qarorida ham aytib o‘tilgan edi.