Toshkent bo‘ylab yana avtobuslar harakati tiklandi – foto

Sputnik

Bugundan 1230 ta avtobuslar (shundan 1121 ta avtobus saroylari bo‘yicha va 109 ta xususiy korxonalar bo‘yicha) ishga chiqdi.

Aniqlik kiritilishicha, Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent, Zangiota tumanlari “qizil” hudud deb e’lon qilinganligi munosabati bilan yuqorida keltirilgan tumanlar hududigacha harakatlanuvchi 21 ta (8t, 9, 16, 25, 42, 56, 65, 74, 84, 101, 103, 115, 120, 134, 135, 144, 145, 148, 188, 198, 199-sonli) avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida 3 ta (75, 106, 160-sonli) avtobus yo‘nalishlarining faoliyati faqatgina Toshkent shahri hududida Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda tashkil etiladi.

Faoliyati qayta tiklanadigan yo‘nalishlarning harakati soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil qilinadi. Avtobuslar doimiy ravishda har bir qatnovga jo‘nashdan oldin to‘liq dezinfeksiya qilinadi. Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanadi va o‘z vaqtida almashtirilishi ta’minlanadi. Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritiladi.

Bir necha muddat avval poytaxt ko‘chalari bo‘m-bo‘sh edi, hozir esa yana hayot qaynamoqda. Biroq shuni unutmaslik lozimki, karantin choralari yengillashtirilgani, bu kasallik ustidan batamom g‘alaba qozonildi degani emas. O‘zingizni ehtiyot qiling va barcha zaruriy qoidalarga rioya qiling! Zero salomatligingizni asrab-avaylash o‘z qo‘llaringizda!

1 / 11
Toshkent bo‘ylab yana avtobuslar harakati tiklandi
2 / 11
8 iyun kunidan Toshkent shahrida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini qayta tiklandi.
3 / 11
Avtobuslar doimiy ravishda har bir qatnovga jo‘nashdan oldin to‘liq dezinfeksiya qilinadi.
4 / 11
Salonlarda ozodalikka rioya qilish lozim.
5 / 11
Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritiladi.
6 / 11
Faoliyati qayta tiklanadigan yo‘nalishlarning harakati soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil qilinadi.
7 / 11
Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanadi va o‘z vaqtida almashtirilishi ta’minlanadi.
8 / 11
Avtobuslar doimiy ravishda har bir qatnovga jo‘nashdan oldin to‘liq dezinfeksiya qilinadi.
9 / 11
Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida 3 ta (75, 106, 160-sonli) avtobus yo‘nalishlarining faoliyati faqatgina Toshkent shahri hududida Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda tashkil etiladi.
10 / 11
Bekatdagi avtobuslar harakati jadvali
11 / 11
Bir necha muddat avval poytaxt ko‘chalari bo‘m-bo‘sh edi, hozir esa yana hayot qaynamoqda.