Talablarga bepisand fuqarolar tufayli vaziyat murakkablashishi mumkin – Otabekov

Ayni damda O‘zbekistonda karantinda saqlanayotgan fuqarolar soni 45 mingdan oshgan, ulardan 22 ming nafari statsionar sharoitda.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. So‘nggi sutka davomida O‘zbekistonda aholi orasida aniqlangan koronavirus holatlarik keskin oshdi. Bu haqida Respublika Sanitariya epidemiologiya nazorati xizmati boshlig‘i Nurmat Otabekov xabar qildi.

“Biz afsuski, hanuzgacha aholi orasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga bepisand bo‘layotgan odamlaga duch kelmoqdamiz. Bularni barchasi vaziyatni murakkablashtirib yuborishi mumkin. Shuni yodingizdan chiqarmang”, - dedi bosh sanitariya shifokori.

Shuningdek, Otabekov fuqarolarni karantin talablarga rioya qilish orqali koronavirus bilan kechayu kunduz kurashayotgan mutaxassislar faoliyatiga hissa qo‘shishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni O‘zbekistonda 237ta koronavirusga chalinish holati aniqlangan. Ulardan 207 nafari koronavirus xavfi tufayli kuzatuvda bo‘lmagan fuqarolarda.