Rossiya chegaralarini qisman ochmoqda

Ikki maqsad bilan Rossiyaga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolariga mamlakatga kirishga ruxsat berilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Rossiya mart oyida koronavirus epidemiyasi boshlangandan so‘ng to‘liq yopilgan chegarasini kirish va chiqish uchun qisman ochmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 8-iyun kuni ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

Rosaviatsiya xalqaro qatnovlarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda

Davolanish yoki yaqin qarindoshini parvarish qilmoqchi bo‘lgan chet elliklarga Rossiyaga kirishga ruxsat beriladi.  Shuningdek, rossiyaliklar xorijga qarindoshlarini parvarish qilish, davolanish, ish va o‘qish uchun chiqishlari mumkin.

Tegishli farmonlarga imzo chekilgan. Biroq chegaraning ochilish sanasiga aniqlik kiritilmagan.