Rosaviatsiya xalqaro qatnovlarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ham mamlakat bosqichma-bosqich turizm mavsumini ochishga tayyorligini bildirgan.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Rosaviatsiya xalqaro qatnovlarni qayta tiklash variantlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Aviakompaniya direktori MDH davlatlariga parvozlar qachon tiklanishini aytdi

Rossiya koronavirus pandemiyasi ortidan 27-martdan boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Faqat qolib ketgan fuqarolarni olib kelish, yuk, pochta va sanitar va gumanitar reyslar amalga oshirilayotgan edi.

“Rosaviyatsiya xalqaro parvozlarni qayta tiklash variantlarini ishlab chiqmoqda”, - degan manba.

Shuningdek, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakat bosqichma-bosqich turizm mavsumini ochishga tayyorligini bildirgan.