Navoiy va Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirus aniqlandi

So‘nggi soatlarda O‘zbekistonda 21 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Jumladan, Navoiy va Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida 21 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Shulardan 8 tasi Navoiy va Toshkent viloyatida aholis orasida aniqlandi.

“2020 yil 8-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4352 (+21) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Bir necha soat ichida 121 kishida koronavirus aniqlandi: aksariyati poytaxtda

Yangi kasallanganlarning 7 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 5 nafari Navoiy viloyatida aholi orasida, qolgan 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, yana 3 nafari esa aholi orasida) aniqlangan.

Mamlakatda 3354 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar sog‘ayib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozirda 981 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.