Dollar bu hafta ham qimmatlashdi – valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi bu hafta ham 4,88 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 9-iyundan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 4,88 so‘mga qimmatlashib, 10 153,19 so‘m tashkil qildi.

Dollar bu hafta ham qimmatlashdi – valyuta kurslari

Yevro esa birdaniga 194,27 so‘mga ko‘tarildi va 11 456,86 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rublida ham ko‘tarilish kuzatilgan. Rubl 3,90 so‘mga qimmatlashib, 147,95 co‘mni tashkil qildi.