TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xorazm viloyatining Shovot kanalidan topilgan avtomashina ichidan zanjir bilan bog‘langan erkak murdasi chiqqanligi haqida xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17-aprel kuni Xazorasp tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro T.K. bedarak yo‘qolganligi holati yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida “Chap qirg‘oq” suv taqsimlash inshooti (kanali)dan “Tiko” rusumli avtomashina va avtomashina haydovchi o‘rindig‘ida T.K. bo‘ynidan zanjir bilan avtomashinaning rul qismiga qulflangan holdagi murda topilgan.
Hozirda uning o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.