Rossiyada Genetik ma’lumotlar milliy bazasi yaratiladi

Qayd etilishicha, Genetik ma’lumotlar milliy bazasi yordamida og‘ir kasalliklarning oldini olish va davolash, umr davomiyligini oshirish va ekologiyani yaxshilash mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Genetik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi. Tegishli hujjat Kreml saytida e’lon qilingan.

Hukumat va “Kurchatov instituti” milliy tadqiqot markazi genetik ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash axborot-tahlil tizimini yaratish va ishlashini ta’minlashi shart. Shuningdek, ularga ushbu ma’lumotni saqlash va uzatish shakllarini ishlab chiqarish vazifasi topshirilgan.

Hisobot 2020-yil 1-oktabriga qadar taqdim etilishi lozim, undan keyin yillik hisobot berib boriladi.

Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va “Kurchatov instituti” MTM direktori Aleksandr Blagov zimmasiga yuklangan.

Qayd etilishicha, Genetik ma’lumotlar milliy bazasi yordamida og‘ir kasalliklarning oldini olish va davolash, umr davomiyligini oshirish va ekologiyani yaxshilash mumkin bo‘ladi.