Konor Makgregor uchinchi marta sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Konor Makgregor 2016 va 2019-yillarda ham sportdagi faoliyatiga yakun yasashini ma’lum qilgan edi. Biroq bir necha kun so‘ng yana sportga qaytib, faoliyatini davom ettirgan.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni, irlandiyalik jangchi Konor Makgregor yana bir bor faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

“Men jang qilishni yakunlashga qaror qildim. Barchangizga ajoyib xotiralar uchun rahmat. Ajoyib sayohat bo‘ldi”, - deb yozib qoldirgan sportchi o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

​Ta’kidlash joizki, bu Konor Makgregorning uchinchi marta sport bilan xayrlashishi hisoblanadi. Avval u 2016 va 2019 yillarda sportdagi faoliyatiga yakun yasashini ma’lum qilgan edi. Biroq bir necha kun so‘ng yana sportga qaytib, faoliyatini davom ettirgan.