TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 6-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:04da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.
Koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 72,02 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 10 km.
Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 234 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida: Namangan: 40 km, 2 ball; Andijon: 59 km, 2 ball.