O‘zbekistonda avtobus harakatlari qayta yo‘lga qo‘yiladi

Avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilar kiritiladi. Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanadi
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Joriy yilning 8-iyunidan — "sariq" va "yashil" hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi bayonoti e’lon qilindi.

COVID-19 yangi aniqlangan bemorlarning aksariyati - karantinga olinganlar orasida

Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish talab etiladi:

* avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilish;

* haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish choralarini ko‘rish;

* avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish.

Transport vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ushbu talablarga rioya etilishi nazoratga olinadi.

"Yashil" hududlardagi masjidlarda namoz o‘qish bo‘yicha talablar belgilandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin choralari yumshatilayotgani bilan, vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

Bosh sanitar vrach Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, kuni kecha ro‘yxatga olingan 96 bemorning 81 nafari karantin muassasalariga joylashtirilgan shaxslar orasidan aniqlangan bo‘lsa, 13 nafari aholi orasida qayd etilgan. 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi shaxslar orasida aniqlangan.

Shu holatni inobatga olgan holda jamoat transportida harakatlanish vaqtida yo‘lovchilardan karantin talablariga qat’iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlashga e’tibor qaratish so‘rab qolinadi.

O‘z navbatida jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.