Germaniya Markaziy Osiyoda faqat O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi - DW

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi sheriklar sonini 85tadan 60taga qisqartirmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo yo‘nalishida O‘zbekistondan boshqa davlatlar "bort ortida" qolgan
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Germaniya tashqi siyosatda o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda va ko‘plab sherik-davlatlar bilan hamkorlikdagi loyihalarni to‘xtatmoqda, deb xabar qildi Deutsche Welle.

Germaniyada o‘zbek xalqining mard o‘g‘lonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi sheriklar sonini 85tadan 60taga qisqartirmoqda.

Idora rahbari Gerd Mullerning rasmiy bayonotiga muvofiq, vazirlik tomonidan ro‘yxatdan o‘chirilgan ayrim davlatlar "shu darajada taraqqiy etganki, endilikda ko‘makka muhtoj emas". Boshqa davlatlarda esa Germaniyaning yordami "boshqa davlatlar fonida" shunchaki ko‘rinmay qolmoqda.

Shu bilan birga, idora, ushbu davlatlar bilan muloqotni davom ettirishini, ammo u yangi shaklda davom etishiga ishontirgan, yo‘lga qo‘yilgan loyihalar esa, albatta, yakuniga yetkaziladi.

Germaniya kompaniyasi O‘zbekistonga temir yo‘llarni rivojlantirishda yordam beradi

Xususan, Markaziy Osiyoda Germaniya faqatgina O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Turkmaniston va Qozog‘iston bilan hamkorlik to‘liq to‘xtatilmoqda, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan faoliyat esa mavjud bitimlar bo‘yichagina davom ettiriladi. Shu bilan birga ushbu loyihalar muddati uzaytirilishi mumkinligi qayd etilgan.

Germaniya moliya vazirligining ushbu qarori nemis deputatlarining tanqidiga uchragan. Bundestagning "Germaniya - Markaziy Osiyo" parlament guruhi rahbari, deputat Manfred Grund ushbu qaror bo‘yicha o‘zining hayratini yashirmagan va mintaqadagi ko‘pgina masalalarni faqatgina O‘zbekiston bilan hal etish mumkin emasligini, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ishtiroki ham muhimligini aytgan.

Grund fikricha, Germaniya o‘zining bu "ketishi" bilan "moliyaviy va texnologik tuynuklarni qoldirmoqda va ularni bajonidil boshqalar, misol uchun, Xitoy tez orada to‘ldirishi mumkin".