COVID-19 laboratoriyadan nazoratsiz chiqib ketgan bo‘lishi mumkin - Britaniya razvedkachilari

Shu vaqtga qadar XXR boshidanoq koronavirus infeksiyasi epidemiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish borasida ochiq va mas’uliyatli pozitsiyada bo‘lgani bir necha bor ta’kidlagan edi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. MI6 Britaniya razvedkasining sobiq rahbari Richard Dirlav xulosasiga ko‘ra - COVID-19 Xitoyning Uxandagi laboratoriyasidan baxtsiz hodisa natijasida tarqab ketgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Telegraph gazetasiga asosan Sputnik radiosi xabar qilmoqda.

Nashr bilan suhbatda Dirlav yangi "muhim" ilmiy hisobot bilan tanishib chiqqanini ma’lum qildi, unda ta’kidlanishicha, virus tabiiy ravishda paydo bo‘lmagan va sun’iy ravishda xitoylik tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan. Gap, bu hafta paydo bo‘lgan britaniyalik va norvegiyalik olimlarning ilmiy maqolasi haqida ketmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

"Menimcha bu (koronavirus infeksiyasi epidemiyasi – tahr.) baxtsiz hodisa sifatida boshlandi. Savol tug‘iladi: agar Xitoy qachondir javobgarlikni tan olsa, unda tovonni to‘laydimi? O‘ylaymanki, bu dunyodagi har bir mamlakat Xitoy bilan munosabatlarni va xalqaro hamjamiyatning Xitoy rahbariyatiga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishiga majbur qiladi", - dedi MI6 Britaniya razvedkasining sobiq rahbari.

Dirlav London Universitetining avliyo Georgiy kasalxonasidagi professor Angus Dalglish va norvegiyalik virusolog Birger Sorensenning qo‘shma maqolasi "virus qanday rivojlanib, pandemiyaga aylangani haqida davom etayotgan munozaralarda juda muhim hissa" ekanligini ta’kidladi.

Xitoy koronavirus Uxan bozoridan tarqalgan, degan versiyani rad etmoqda

Nashr ilmiy maqola bir necha bor qayta yozilganligini va hali biron marta ilmiy jurnalda nashr etilmaganligini ta’kidlamoqda.

Amerika yetakchisi Donald Tramp ilgari AQShda yangi koronavirus Uxan laboratoriyasida paydo bo‘lishi versiyasini ko‘rib chiqilayotganini va uning kelib chiqishini aniqlamoqchi ekanliklarini aytgan, deb eslatadi “360”. Tramp, Pekin qasddan COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘yganligi aniqlansa, Xitoyni salbiy oqibatlar bilan qo‘rqitdi. Keyinroq, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQShda Xitoy koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni yashirayotganligi haqidagi dalillar borligi haqida gapirdi.

11 mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikning 6,2 milliondan ortiq holati aniqlandi, 380 mingdan ortik odam vafot etdi.

Avvalroq Sputnik  radiosi, BSST vitaminlar yordamida COVIDdan xalos bo‘lish mumkinmi degan savolga javob berganini ma’lum qildi.