O‘zbekistonda "yashil" hududlarda masjidlar o‘z faoliyatini tiklaydi

Diniy tashkilotlar binolari muntazam dezinfeksiya qilinishi, kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion "to‘shak"lar bilan jihozlanishi, namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash talab etilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. 2020-yil 5-iyundan boshlab “yashil” hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda Respublika Maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilindi.

“Sariq” va “yashil” hududlarda muzey, sayilgoh va galereyalar faoliyatiga ruxsat berildi

Xususan, ertadan boshlab "sariq" hududlarda:

✔️ mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

✔️ uy mehmonxonalari va soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun);

✔️ mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga;

"yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qo‘shimcha ravishda:

✔️ individual shug‘ullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga.

Bunda trenajer zallari va basseynlar obyektlarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, ijtimoiy masofani ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport turlarini o‘tkazmaslik talab etiladi;

Rossiyada koronavirusga qarshi yogurt shaklida vaksina yaratilmoqda

madaniyat obyektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar o‘tkazish sharti bilan (30 kishidan ko‘p bo‘lmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televidenie orqali translyatsiya qilish yo‘li bilan;

✔️ ta’lim markazlari, to‘garaklar (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga.

Bunda xodimlar va bolalarning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalarni mashg‘ulotlardan chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi;

DINIY TAShKILOTLAR faoliyatiga.

Bunda diniy tashkilotlar binolarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shu jumladan namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda), shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, jamoaviy diniy marosimlar (juma namozi va boshqalar)ni o‘tkazmaslik talab etiladi.