O‘zbekistonda 15-iyundan buyum bozorlari, kafelar va bog‘chalar faoliyatiga ruxsat beriladi

Tana harorati 37°S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda 15-iyundan "yashil" va "sariq" hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, buyum bozorlari va bog‘chalar faoliyatiga ruxsat beriladi.

O‘zbekistonda "yashil" hududlarda masjidlar o‘z faoliyatini tiklaydi

Shu bilan bir qatorda asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

- Umumiy ovqatlanish obyektlarida banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik; faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish; stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash; bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish; xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi; har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.

O‘zbekistonda koronavirus: 3-iyun asosiy xabarlari

- Buyum bozorlari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37°S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

* Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash; xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi; tana harorati 37°S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.