TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 1-avgustdan ayrim import mashinalar uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
“Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi”, - deyilgan xabarda.
Respublika hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari prezidentning PQ-3818-son qarori bilan tasdiqlangan.