TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda hududlar o‘rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.
Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:
- transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
- avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
- haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.